Статья ALISHER NAVOIY ASARLARIDA INSONPARVARLIK, FAOL TADBIRKORLIK VA INNOVATSION G‘OYALARNING AKS ETTIRILISHI. Автор: Bozorova Gulmira Tangriberdiyevna

Автор: Bozorova Gulmira Tangriberdiyevna
Bu maqolada Hazrat Alilsher Navoiyning  turkiy adabiyotning  til ravnaqi uchun mislsiz xizmatlari va  shu bilan birga  asarlarida  ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg‘ularing  ifodalanganligi haqida fikr boradi.

Hazrat Alilsher Navoiy turkiy adabiyotning mashhur va tengsiz vakili hisoblanadi, boisi ulug‘ mutafakkir turkiy til ravnaqi uchun mislsiz xizmat  ko‘rsatgan. Navoiy ijodini  ulkan tog‘ning  eng yuqori  cho‘qqisiga  qiyoslashadi.  Bu, albatta, haq gap. Alisher Navoiy asarlari zamirida bir olam ibratli ma’no  hamda hayotiy saboq mujassam. Bu esa o‘z navbatida bizni haq yo‘ldan og‘ishmay yurishimiz va komillikka yetishishimiz uchun zarur bo‘lgan hayotiy saboqlardir.                                                                                 

Insonni olam gultoji deb ulug‘lagan hazrat Navoiyning butun hayoti ijodi zamiridagi ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg‘ular dunyoni obod va munavvar qildi, bashariyatni ma’naviy halokatdan qutqardi degan qat’iy ishonch mujassam. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy asarlarida orasida tinchlik va insonparvarlikni tarannum etuvchi g‘oyalar juda ko‘p uchraydi. Mazkur asarlarda tinchlikning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligi, osonlikcha erishib bo‘lmasligi alohida e’tirof etiladi. Biz buning yaqqol misolini Navoiyning davlat arbobi sifatida yurt  ravnaqi,  xalqning  farovonligi  yo‘lida  qilgan  barcha  sa’y-harakatlari  misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Insonlarning eng ulug‘i o‘ziga ravo ko‘rgan yaxshilikni o‘zgalarga ham ravo ko‘rganlaridir. Ya’ni: “Yaxshidin yomonlar ham yomonlig‘ ko‘z tutmas, yaxshi yomonlarg‘a ham yaxshilig‘ni unutmas. Yaxshiliq qila olmasang, yomonliq ham bore qilma. Yaxshiliqdan yomonlig‘ni yaxshiroq bilmasang, yaxshilarga qo‘shul, yaxshiliq tegrasida evrula olmasang, yaxshilar tegrasida evrul”- deydi.


Автор: Bozorova Gulmira Tangriberdiyevna

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA INSONPARVARLIK, FAOL TADBIRKORLIK VA INNOVATSION G‘OYALARNING AKS ETTIRILISHI

NavDPI huzuridagi XTXQTMOHM “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Bozorova Gulmira Tangriberdiyevna.

ANNOTATSIA

Bu maqolada Hazrat Alilsher Navoiyning turkiy adabiyotning til ravnaqi uchun mislsiz xizmatlari va shu bilan birga asarlarida ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg‘ularing ifodalanganligi haqida fikr boradi.

Hazrat Alilsher Navoiy turkiy adabiyotning mashhur va tengsiz vakili hisoblanadi, boisi ulug‘ mutafakkir turkiy til ravnaqi uchun mislsiz xizmat ko‘rsatgan. Navoiy ijodini ulkan tog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga qiyoslashadi. Bu, albatta, haq gap. Alisher Navoiy asarlari zamirida bir olam ibratli ma’no hamda hayotiy saboq mujassam. Bu esa o‘z navbatida bizni haq yo‘ldan og‘ishmay yurishimiz va komillikka yetishishimiz uchun zarur bo‘lgan hayotiy saboqlardir.

Insonni olam gultoji deb ulug‘lagan hazrat Navoiyning butun hayoti ijodi zamiridagi ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg‘ular dunyoni obod va munavvar qildi, bashariyatni ma’naviy halokatdan qutqardi degan qat’iy ishonch mujassam. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy asarlarida orasida tinchlik va insonparvarlikni tarannum etuvchi g‘oyalar juda ko‘p uchraydi. Mazkur asarlarda tinchlikning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligi, osonlikcha erishib bo‘lmasligi alohida e’tirof etiladi. Biz buning yaqqol misolini Navoiyning davlat arbobi sifatida yurt ravnaqi, xalqning farovonligi yo‘lida qilgan barcha sa’y-harakatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Insonlarning eng ulug‘i o‘ziga ravo ko‘rgan yaxshilikni o‘zgalarga ham ravo ko‘rganlaridir. Ya’ni: “Yaxshidin yomonlar ham yomonlig‘ ko‘z tutmas, yaxshi yomonlarg‘a ham yaxshilig‘ni unutmas. Yaxshiliq qila olmasang, yomonliq ham bore qilma. Yaxshiliqdan yomonlig‘ni yaxshiroq bilmasang, yaxshilarga qo‘shul, yaxshiliq tegrasida evrula olmasang, yaxshilar tegrasida evrul”- deydi. Zero, odam va olam yaratilishining asosi ham ezgulik va yaxshilik bilan bog‘liqdir. Ulug‘ mutafakkirimiz Navoiy insonparvarlikni bu hayotdagi eng muqaddas tuyg‘u, kishilik jamiyatini ushlab turuvchi ustun deb bilgan. Bu insoniy ishq tevarak-atrofga, insonlarga, oilaga, do‘stga, yorga va mana shu tushunchalar orqali mehribon va mag‘firatli Ollohga qaratilgan bo‘ladi. Chunki Olloh ulug‘ fazl-u marhamat sohibidir. Ollohning so‘zigina yuksak so‘zdir. Olloh qudratli, hikmatlidir.

Navoiy orzu qilgan va barchadan talab qilgan ezgu amallarning mazmun-mundarijasi shunchalar kengki, ulani sanab ado qilishni imkoni bo‘lmas. Shoirning inson tarbiyasi bilan bog‘liq pand-nasihatlari, fikr-mulohazalari, orzu-istaklari bir joyga jamlansa insonni kamolotga etuvchi bir butun qo‘llanma vujudga keladi.

Oqil chu ko‘rsa elda xato ijtinob etib,

Andin savob yo‘l sori moyil qilur o‘zin,

Qo‘ymas aning xatosig‘a el aylab e’tiroz

Ayturg‘a yuzi o‘rtusida sahvining so‘zin.

Hazrat Navoiy insonparvarlik va yaxshilik haqida so‘z bitganda Haq uchun qilinadigan xolis yaxshiliklarni rostgo‘ylikni hatto saxovatni ham nazarda tutadi. Shoirning dostonlaridagi har bitta ijobiy qahramon, eng avvalo yuksak maqomdagi insonparvar shaxs hisoblanadi. Bunga misol tariqasida shoirning “Farhod va Shirin”dostonidagi Farhod obrazini olishimiz mumkin. U shahzoda bo‘lsa ham atrofidagilarning g‘amgin yura olishiga toqat qila olmasdi. Farhod dardmand odamlarga hamdard bo‘lib, bu dardlarga davo topishni istardi.

Biravkim zor yig‘lab- yig‘lab ul zor,

Topib ko‘ngli el ozoridin ozor.

O‘z asarlarida mana shunday qahramonlarni aks ettirgan Alisher Navoiy haqida Y. Bertels mazkur iliq fikrlarni yozib qoldirgan: “Navoiy ijodi muzey ko‘rgazmasi ham tarixning parchasi ham emas, u yashamoqda va yashayveradi”.

Navoiy yaratgan asarlarida bu dunyoning foniy, ya’ni o‘tkinchi ekanligi bot-bot ta’kidlandi. Bashariyat ahli faqat va faqat yangiliklarga intilib yashashi, har bir yaratilgan ixtiro-yu yangicha talqinlar kelajak avlod uchun munosib meros bo‘lmog‘i lozimligini uqtiradi. Insoniyat shunday texnologiyalar yaratsinki, kelajagimiz egalari ulardan bir umr minnatdor bo‘lishsin. Xuddi Navoiy asarlari mangu va barhayot bo‘lgani kabi.

Ota-onaga hurmat muhabbat mavzusi har bir shoirda bo‘lgani kabi, Navoiy hikmatlarining asosiy mavzularidandir. Shoir farzand otasi uchun kerak bo‘lsa boshini, onasi uchun jismini fido etmog‘i, farzand kamoli uchun jonlarini fido qilish tayyor bo‘lgan ota-onalarning birini oy, birini quyosh deb bilmog‘i lozimligini ta’kidlaydi.

Hazrat Alisher Navoiy haqida Ogoh Sirri Levend shunday degan “Navoiy hayotini el-yurtga bag‘ishlagan, umrini xayr-saxovat bilan xalqqa foydali ishlar qilish uchun o‘tkazgan. Odamiyligi va insonlarga nisbatan sevgisi uni yuksaltirgan eng buyuk vasflaridan biridir… Navoiy mag‘rurdir, biroq g‘ururini kamtarinlik ila birlashtirgandir”.

Hazrat Alisher Navoiy butun hayoti va ijodini insonning baxt-saodati, mamlakatining obodonchiligi, yurti ravnaqi uchun safarbar etdi. Shunday ekan, necha asrlar o‘tsa-da, shoir asarlari insoniyat uchun hayot maktabi bo‘lib qolaveradi. Navoiyning g‘azallari haqiqatning rangin olamiga bitilgan o‘lmas madhiyadir, shu olam bor ekan g‘azalning umri, safosi tugamas. bugun biz ulug‘ bobomizning olis nabiralari beqiyos iste’dod qalamidan to‘kilgan mana shunday satrlarni o‘qib, eshitib ongimiz va yuragimiz bilan bahramandlik topamiz, uzoq-uzoq zamonlarning sadosini tinglaganday bo‘lamiz.

 

 

 

Скачать работу
comments powered by HyperComments
Пожалуйста, подождите.
x