Международный
педагогический портал
Международный педагогический портал (лицензия на осуществление образовательной деятельности №9757-л, свидетельство о регистрации СМИ №ЭЛ ФС 77-65391)
8 (800) 350-54-64
звонок бесплатный
org.komitet@solncesvet.ru
Скидка 42% действует до 26.04
8 (800) 350-54-64
звонок бесплатный
org.komitet@solncesvet.ru
Vk Whatsapp Youtube
Лицензированный образовательный портал (лицензия №9757-л, СМИ №ЭЛ ФС 77-65391)
8 (800) 350-54-64
Название статьи:

NAVOIY ASARLARIDA TASAVVUFIY G`OYALAR TALQINI | Mavjuda Hamroqulovna Suvanova. Работа №209855

Дата публикации:
Автор:
Описание:

Автор: Mavjuda Hamroqulovna Suvanova
NAVOIY   ASARLARIDA  TASAVVUFIY  G`OYALAR  TALQINI

NavDPI huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi – Mavjuda Hamroqulovna Suvanova

Annotatsiya

         Ushbu maqolada insonning ruhiy hayoti, yuksak va murakkab psixik holatlarining tadqiqi, shaxsning ilohiy tuyg‘u va kechinmalari obrazli tahlil qilingan.

Kalit so‘z: ishq  o`ti, tasavvuf  she`riyati, nafs  bandalari, junun yo`li, ishq  yo’li

         Mashhur  arab adibi  Abul Farroj  Isfaxoniyning “Qo`shiqlar kitobida” Majnun hayotida shunday  voqea qayd etilgan. Majnun bir kuni Laylinikiga o`t so`rab chiqibdi. Layli unga lahcha cho`g`ini ro`molchasiga o`rab beribdi. Gap gapga ulanib,  latta yonib tugabdi. Lekin majnun joyidan jila olmasmish. U yaktagini yirta boshlabdi. Yaktak ham kuyib bitibdi. So`ng u behush bo`lib Laylining poyiga yiqilibdi. Layli bergan o`t – ishq  o`tining cho`g`i edi. Bu cho`g` Majnun ko`nglida alangaga aylanib,  u shu olovda qaqnusga o`xshab tiriklayin yongandi. Alisher Navoiy “Layli va Majnu”nng  xotimasida” O`t solsa jahon eliga Majnun, Bir kuyguchi bo`lg`usi Filotun” deydi. Navoiy  dostoni Majnun ruhida porlagan, muhabbat o`ti tasvirlariga bag`ishlangandir. Majnun qismatining timsoli dostonda  o`t va nur. U tug`ilishidan to oxirgi nafasigacha  o`tga talpinib yashaydi. Uning hayoti – nur ichida kechgan va  nurday bezavol  hayotdir.

NAVOIY ASARLARIDA TASAVVUFIY G`OYALAR TALQINI NavDPI huzuridagi xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Tillarni oqitish metodikasi kafedrasi katta oqituvchisi M.H.Suvanova Annotatsiya Ushbu maqolada insonning ruhiy hayoti, yuksak va murakkab psixik holatlarining tadqiqi, shaxsning ilohiy tuygu va kechinmalari obrazli tahlil qilingan. Kalit soz: ishq o`ti, tasavvuf she`riyati, nafs bandalari, junun yo`li, ishq yoli Mashhur arab adibi Abul Farroj Isfaxoniyning Qo`shiqlar kitobida Majnun hayotida shunday voqea qayd etilgan. Majnun bir kuni Laylinikiga o`t so`rab chiqibdi. Layli unga lahcha cho`g`ini ro`molchasiga o`rab beribdi. Gap gapga ulanib, latta yonib tugabdi. Lekin majnun joyidan jila olmasmish. U yaktagini yirta boshlabdi. Yaktak ham kuyib bitibdi. So`ng u behush bo`lib Laylining poyiga yiqilibdi. Layli bergan o`t ishq o`tining cho`g`i edi. Bu cho`g` Majnun ko`nglida alangaga aylanib, u shu olovda qaqnusga o`xshab tiriklayin yongandi. Alisher Navoiy Layli va Majnunng xotimasida O`t solsa jahon eliga Majnun, Bir kuyguchi bo`lg`usi Filotun deydi. Navoiy dostoni Majnun ruhida porlagan, muhabbat o`ti tasvirlariga bag`ishlangandir. Majnun qismatining timsoli dostonda o`t va nur. U tug`ilishidan to oxirgi nafasigacha o`tga talpinib yashaydi. Uning hayoti nur ichida kechgan va nurday bezavol hayotdir. Qays hali chaqaloq emaklay ham olmaydi. Ammo unda qandaydir pinhoniy ishtiyoq ko`zga tashlanadi. U o`t ko`rsaki, mayl etib nihoni, Ishq o`ti tasavvur aylab oni beshik ichra fig`on tortaveradi. Bunday go`dak tabiatida favqulodda xislatlarning urug`i yashirinishi shubhasiz albatta. Qays maktabga qatnay boshlashidayoq o`sha xislatlar quvvatini ko`rsatadi. Uning zehni nihoyatda o`tkir. Darslarni juda tez o`zlashtiradi. Layli va Majnunning boblaridan birida Haqdan shavqat va shifo tilab Majnunni Ka`baga olib borilgan voqeasi tasvirlangan. Ka`baning arshi a`zamdek ulug`vor salobati Majnun dilida mahobatli tuyg`ular uyg`otadi. Majnunning ko`ngli aro shavq otashi yonadi-yu, beixtiyor u yig`lay boshlaydi. Tun olam aro qora pardasini tortganda, Majnun har hukmda qodir, hakimi doniga nido qilib, motamvor faryod ko`taradi. Ey ishq o`tin aylagan jahonso`z, Andin meni notavonni jonso`z, Ey urg`on ul o`tni xirmanimga, Xirman neki, jon bila tanimg`a Agar ishq o`tidan asar sezilsa, u do`zaxga ham kirishga rozi. Ma`lumki, Majnunning oshiqligidan xabar topgach, Laylining otasi g`azablanadi. Ammo ungacha u Majnun ta`rifida ancha-muncha baland fikrlarni tinglaydi. Shulardan biri Majnunning iste`dodiga berilgan bahodir. Bu haqda Tab`i xush-u nazmi ham ravondur deyiladi. Majnun Layli ta`rifiga yuzlab g`azal baytlar bitgan. Ularning barchasida yorning sifoti va zoti ulug`lanadi. Majnunning o`z maqsadlariga erishish yo`li jangovar kurashchanlik emas, kamolot yo`li. Uning dushmani zolim nafs. Navoiy talqinicha, to`qaydagi sherni yengishdan ko`ra nafs itini mag`lub qilish yaxshiroqdir. Shu kurashda Majnun bag`oyat sobit va izchildir. Majnun na jamiyat, na zamon, na muhit qarshisida taslim bo`lgan emas. Chunki u o`zligi oldida taslim bo`lgan emas. Majnun Layliga yozgan maktubida: Yo`qluq menga gar bo`lubturur yo`l, Sen bor bo`lu buy o`qqa yor ul, -deydi. Bu fanolik yo`li. Fanolik esa ishqi haqiqiyning so`nggi bosqichi. Majnunning Layliga shaydoligi alal-oqibatda uni Anal-haqlik mavqeyiga yetkazadi. Aks holda u telbalik va savdo payg`ambari bo`la olmasdi. Majnun oily maqsad yo`lida hamisha tadbirli. Majnunning ko`nglidagi ishq shavqini damodam afzun qilgan kenglik Junun. Majnunning junun yo`lima`rifat va ibrat yo`li sanaladi. Shunung uchun Navoiy Majnunga ilhaqlikdan faxr tuyadi va junun yo`lini vatanga rahnamolik kamoloti sifatida ta`riflaydi: To tutti junun yo`lin Navoiy, Kim bo`ldi vatanga rahnamoyi. Tasavvuf she`riyati-insonning ruhiy hayoti, yuksak va murakkab psixik holatlarini chuqur tadqiq etgan she`riyat. Unda shaxsning ilohiy tuyg`u va kechinmalari obrazli tahlil qilingan. Mutlaq haqiqatga erishish bosqichlarida sirli xayollari tasvirlangan. Ma`lumki, so`fiylar odamlarni axloq va hissiyotlariga qarab uch toifaga ajratganlar. Birinchi toifa nafs bandalari. Bular o`z nafslariga mag`lub g`ofillar. Ikkinchi toifa qalb odamlari. Bular ong va idroki rivojlangan, xodoga ancha yaqin zotlar. Ular tavba qilishgan. Sidq, sabr, qanoat, tavakkal, to`g`rilik talablarini og`ishmay bajargan. Uchinchi toifa odamlar ruh odamlari. Bular tun-u kun diydor dardida yonib, hamma joy va hamma narsada Haqning nuri jamolini ko`radilar. Yunus Emro ularning nuqtai nazarini ifodalab: Haq nuri oshiqlara har dam nuzl emasman, Kima nuzl bo`lmasa, ishqdan ma`lul emasmi. Tasavvuf she`riyatida takror-takror tilga olinadigan g`arib ham keyingi guruhning vakilidir. E. Bertelsning aytishicha, Alisher Navoiy o`z ijodiyotida tasavvufning butun axloqiy jihatlarini qamrab olib taqdir hukm etgan muhitdan aloqasini uzmagan bo`lsa-da tasavvufning so`nggi maqsadlarini bir ideal tarzda oldiga qo`ygan edi. Mana shu idealdan biri barchamiz yaxshi biladigan G`urbatta g`arib shodmon bo`lmas emish misrali mashhur ruboiysidir. Bu ruboiyning asosiy g`oyasi vatan muhabbatidir. Navoiy goh Samarqanda bo`ldi, goh Astrobodda, goh Balxda. Mana shunday darbadarliklar shoir ijodiga katta ta`sir ko`rsatgan. Ruboiyning yozilish tarixi, g`oyaviy-badiiy xususiyatlari bir qator adabiyotshunoslar tomonidan o`rganilgan. Hazrat Navoiyning ilk devonidan mana bunday ko`rinishda o`rin olgan. G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish. Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg`a tikondek oshiyon bo`lmas emish. Xazoyin ulmaoniy variantida ikkinchi satrdagi rafiq- shafiq, qadah- qafasga almashtirilgan. She`r ichki sir va boyligini qancha uzoq muddat yashirin saqlay olsa, o`shancha yaxshi. Ba`zan shunday ham bo`ladi. Qandaydir bir she`r haqida ko`p gapiriladi, yoziladi. Bu o`quvchilarda Bu o`quvchilarda o`sha she`r bag`rida nimalardir sir yotganligiga shubha qolmaydi. Haqiqiy she`rning g`oyaviy tarkibi kamida ikki yiki uch ma`no qatlamidan iborat bo`ladi. Bu jihatdan sharq she`riyati jahon adabiyotida o`rnak ko`rsatgan. Tasavvuf ishq yoli, sir yoli, hurriyat yoli. Tasavvuf tavbani tavbasizlikka, sabrni besabrlikka, oriflik va komillikni noqislik va nodonlikka, faqru fanoni erksizlik va qaramlikka qarshi qoyarkan, insonning ruhoniyati va Ruhiy erki uchun keskin kurashgandi. Tasavvuf islom marifati, islom haqiqati, islom nuridan dunyoga kelib, islomning axloqiy komillik, insonparvarlik va Allohsevarlik tushunchalarini boyitib, oziga xos tarzda yangi yuksakliklarga olib chiqdi. Zero, bu talimot buyuk islom Daraxtining hosili erur.
Скачать работу
Пожалуйста, подождите.
x
×