Diniy ekstremizm va terrorchilik | Meyliyev Quvonchbek va Samandarov va Atamurodov Akmal Ramziddin . Работа №316212. Номер работы: №316212
Kalit so’zlar: Diniy ekstramizm, terorizm, fundamentalizm, islom dini, mafkuraviy tahdid, ISHID, Al-qoida, Vahobiylar.
Anotatsiya: Dunyo ahlini bir nech yillardan buyon og’riqli nuqtasiga aylangan va islom olami nomiga dog’ tushirayotgan teroristik tashkilotlar haqida, ular qanday paydo bo’ladi? Qanday qilib xavfni bartaraf etish mumkin? Terorist guruhlar ortidagi qora qo’l tashkilotlar va ularning bizga salbiy ta’sirlari .
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Bu yot g’oya tarafdorlari qilgan buzg’unchiliklarni xali xech kim unutmagan. Oddiygina misol 2001- yil 11- sentabrni eslaymiz: Bundan roppa-rosa 18 yil avval — 2001-yil 11-sentabrda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida ro‘y bergan fojia ko‘pchilikning yodida. O‘shanda mahalliy reyslarda parvoz qilayotgan to‘rt samolyot terrorchilar tomonidan egallab olinib, Nyu-Yorkdagi mashhur 110 qavatli Jahon savdo markazi joylashgan egizak binolar hamda AQSh Mudofaa vazirligi binosi – Pentagonga kelib urilgan edi. Nafaqat amerikaliklarni, balki butun dunyo aholisini sarosimaga solgan hodisada jami 3 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan va narxi nechadir milliard dollardan oshiq bo‘lgan ikkita bino yer bilan bitta bo‘lgan edi.
Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, „yahvechilar“, „pyatidesyatniklar“, „tashabbuskor baptistlar“ umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi „ultra“ protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi „musulmon-birodarlar“, Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va boshqa. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.
Diniy ekstremizm muayyan koʻrinishda Oʻzbekistonda ham paydo boʻldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 yil dekabrda Namangan shahrida bir necha qotilliklar yuz berdi. Oʻtish davriga xos iktisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga taʼsirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch bilan Fargʻona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini oʻzlashtirishga harakat qildilar. 1999-yil 16 fevralda Toshkent shahrida yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini koʻrsatdi. Diniy ekstremizmning Oʻzbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yoʻqqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, „soxta“ va „haqiqiy“ dindorlik belgilari boʻyicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni koʻzlaydilar. Ular oʻz maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. Oʻzbekistonni Gʻarbga „islomlashtirilgan“, Sharqqa esa, aksincha, „dinsiz“, „daxriy“ shaklda koʻrsatib, respublikaning xalqaro obroʻsiga putur yetkazish niyatida boʻldilar. Ular umuman islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar oʻrtasida yalpi qaramaqarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar.
2000-yilning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afgʻonistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: "Bugun dinimizni asrash kerak, moʻmin-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, oʻzini „chin musulmon“ deb daʼvo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda „jihod“ deb ogʻiz koʻpirtirib, din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan asrash kerak", — degan edi. Faqat 2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda kurashga bel bogʻladi.
Diniy fundamentalizm deb, diniy aqidalarni ijtimoiy hayotga moslashtirishni, ilohiy bashorat va mo‘jizalarni juz’iy tushunishni inkor qiluvchi qarashlar majmuiga aytiladi.
Diniy fundamentalizm ijtimoiy hayotda ijobiy va salbiy ahamiyat kasb etishi mumkin. Uning ijobiy ahamiyati kishilarni muqaddas yozuvlarga va payg‘ambarlar hayotiga taqlidan yashashlariga da’vat etishda namoyon bo‘ladi. Salbiy jihatlari dinning sofligini saqlab qolish niqobida ayrim guruhlar siyosiy hokimiyatni egallashga intiladi, jamiyatda beqarorlik va urushlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Diniy ekstremistlar va fundamentalistlarning maqsadlari quyida-gilardan iborat:
a) dinning sofligini saqlab qolish niqobida diniy tashkilotlar va guruhlar siyosiy hokimiyatni qo‘lga olish va dindorlarning nazoratida bo‘lgan hukumatni tuzishga intiladi;
b) dinning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini saqlab qolish va yanada mustahkamlash maqsadida, uni zaiflashtiruvchi har qanday jarayonlarga qarshi kurash olib boradi.
Diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari:
Biz bunga misol qilib diniy ekstremistik guruhlarning yoshlarimiz ongiga o’tkazayotgan ta’sirini aytishimiz mumkin. Bugungi kunda diniy ekstremistik oqimlar yoshlar ongini zaharlashda asosiy qurol sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmoqda. Yoshlar o’zlari bilmagan holda har xil telegram, instagram,facebook,tvitter va shunga o’xshagan ijtimoiy tarmoqlarda qanaqadir kanallarga qo’shilib qolish oqibatida diniy ekstremistik va terrorchilik oqimlariga qo’shilib ketishmoqda. Bularning oldini olishningning eng samarali yo’li bu ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati hamda chegarasini bilish lozim.
Jahonda
Erondagi Sistan, Belujiston va Gʻarbiy Ozarbayjon viloyatlarida uchta terroristik guruh yoʻq qilindi va 21-mart kuni Saravondagi teraktni sodir etganlar hibsga olindi. Sistan va Belujistondagi guruh aʼzolari boshqa mamlakatda harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan va guruh rahbarligida jinoyat sodir etgan „Jaysh al-Adl“ terroristik guruhiga aloqador boʻlgan. Guruh yetakchisidan ikkita avtomat, shuningdek, bomba tayyorlash uchun baʼzi qurol va materiallar topilgan. Bayonotda uning avval giyohvand moddalar savdosi va qotillik bilan shugʻullangani keltirilgan. Gʻarbiy Ozarbayjonni talon-toroj qilish va terroristik harakatlarni amalga oshirish maqsadida bostirib kirgan qurolli guruh ortidan kuzatuv amalga oshirilgan va Urmiya bilan chegaradosh mintaqadagi qurolli toʻqnashuvdan soʻng ulardan ikkitasi oʻldirilgan, bittasi esa qochib ketgan
Foydalanilgan adabiyotlar:
1) Hasanov, Ahadjon. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2) Karimov I. A., Oʻzbekisto XXI asr boʻsagʻsida: xavfsizlikka tahdid,
3) barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997.
4) https://uz.wikipedia.org/wiki/Diniy_ekstremizm
5) https://tma.uz/2020/07/09/diniy-ekstremizm-va-terrorizm-tahdidini- men-qanday-tushunaman
6) https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs- ishi/item/13346-diniy-ekstremizm-va-fundamentalizmning-mohiyati-maqsadi-va-xavfi-ularning-markaziy-osiyoda
7) OʻzME birinchi jild 2001-yil. Mirzayusuf Rustamboyev.
8) „Эронда учта террорчилик гуруҳи йўқ қилинди“. Bugun.uz. 13-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 25 май. Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-07-13).
9) Samatov K. Issues Naqshbandi teaching peace and harmony in society //Theoretical & Applied Science. – 2016. – №. 2. – С. 175-179.
037a382d7fd01e6c93bae627bd6e0aa4.pdf