Международный
педагогический портал
Международный педагогический портал (лицензия на осуществление образовательной деятельности №9757-л, свидетельство о регистрации СМИ №ЭЛ ФС 77-65391)
8 (800) 350-54-64
звонок бесплатный
org.komitet@solncesvet.ru
Скидка 42% действует до 25.11
8 (800) 350-54-64
звонок бесплатный
org.komitet@solncesvet.ru
Vk Whatsapp Youtube
Лицензированный образовательный портал (лицензия №9757-л, СМИ №ЭЛ ФС 77-65391)
8 (800) 350-54-64
Название статьи:

Diniy urf - odatlarning insonlar dunyoqarashiga ta’siri | Toshbotirov Shoxrux va Muratqulov Xamidullo. Работа №314723. Номер работы: №314723

Дата публикации:
Автор:
Описание:

Har qanday din uchun shu narsa xarakterliki, ularga ishonuvchi kishilar guruhi ishtirok etadigan doimiy takrorlanuvchi diniy marosimlar va urf-odatlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadimiy bo‘lib, uning tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Xalqimiz madaniyati ham jahon madaniyati bilan yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Birorta xalq madaniyati o‘z mamlakati doirasidagina, tor milliy birlikda emas, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan o‘zaro aloqadorlikda, o‘zaro bog‘liqlikda, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etish asosida rivojlanadi. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi madaniyati faqat milliy asosda emas, shu bilan birga umuminsoniy qadriyatlar ta’siri ostida ham o‘sdi, rivojlandi.Unga Xitoy, Yunon, Rim, Arab madaniyati, urf-odatlari, jahondagi boshqa madaniyatlar o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘z navbatida Markaziy Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon madaniyati va urf-odatlari taraqqiyotiga o‘zining faol ta’sirini ko‘rsatdi. Diniy urf-odat va marosimlar bir jihatdan jamiyatda yangicha g’oya hamda tafakkurni vujudga keltirsa, boshqa bir jihatdan esa, to’plangan qadiryatlarni mustahkamlaydi.

Diniy urf - odatlarning insonlar dunyoqarashiga ta’siri.

 

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Samarqand filiali KI22-03-guruhi talabalari:

shoxruxtoshbotirov.04@gmail.com

Toshbotirov Shoxrux

Muratqulov Xamidullo

Annontatsiya: Maqolada o’zbek xalqi madaniyati, urf-odatlari qay yo’sinda kirib kelishi uning dinga va insonlar dunyoqarashiga ijobiy ta’sirlari haqida ma’lumotlar yozilgan.

Kalit so’zlar: madaniyat, urf-odat, e’tiqod, dunyoqarash, tafakkur, Xitoy, Rim, Arab, marosim.

Har qanday din uchun shu narsa xarakterliki, ularga ishonuvchi kishilar guruhi ishtirok etadigan doimiy takrorlanuvchi diniy marosimlar va urf-odatlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadimiy bo‘lib, uning tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Xalqimiz madaniyati ham jahon madaniyati bilan yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Birorta xalq madaniyati o‘z mamlakati doirasidagina, tor milliy birlikda emas, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan o‘zaro aloqadorlikda, o‘zaro bog‘liqlikda, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etish asosida rivojlanadi. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi madaniyati faqat milliy asosda emas, shu bilan birga umuminsoniy qadriyatlar ta’siri ostida ham o‘sdi, rivojlandi.Unga Xitoy, Yunon, Rim, Arab madaniyati, urf-odatlari, jahondagi boshqa madaniyatlar o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘z navbatida Markaziy Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon madaniyati va urf-odatlari taraqqiyotiga o‘zining faol ta’sirini ko‘rsatdi. Diniy urf-odat va marosimlar bir jihatdan jamiyatda yangicha g’oya hamda tafakkurni vujudga keltirsa, boshqa bir jihatdan esa, to’plangan qadiryatlarni mustahkamlaydi.

Diniy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odat, an’ana va marosimlarning ham o‘rni katta. Har bir xalq o‘ziga xos urf-odat, an’analari bilan birgalikda shakllanadi. Ularning eng xalqchil, yashovchan ko‘rinishlari har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, diniy evrilishlarga ham bardosh berib yashashda davom etadi. Shu xalq, millat bor ekan ular ham mavjuddir. Eng asosiysi, ular shu millat e’tiqod qiladigan diniy madaniyat bilan uyg‘unlashib, yaxlit milliy diniy madaniyatni shakllantiradi. Diniy urf-odatlarning shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga ta’siri. Din voqelikni o‘ziga xos aks ettiruvchi ijtimoiy hodisadir. Din insonga to‘g‘ri, haqiqiy hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta’limotdir. Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi yotadi. Zero bunday tuyg‘udan mahrum xalq, odam yo‘q. Hech bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Har bir din turlicha urf-odat, marosim va bayramlar orqali o‘z qavmidagi odamlar turmushini tartibga solish, nazorat qilish, insonlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirish, tafakkurini yuksaltirishga harakat qiladi. Milliy va diniy madaniyatlar uyg‘unligini ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaqida ham ko‘rish mumkin. Ayniqsa islom dini kirib kelishi bilan ko‘plab masjid, madrasa va maqbaralar ham milliy, ham diniy madaniyatimizning bebaho namunalaridir. Moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Xuddi shuningdek milliy va umuminsoniy madaniyatlar ham birbirini boyitib boradi. Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday dialektik va uzviy bog‘liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yurtimizda iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un ravishda rivojlanib borishini asosiy maqsad qilib belgiladi. Har qanday jamiyatda din ma’lum ijtimoiy, ma’naviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga ta’siri kuchlidir. Dinlar o‘z marosim va bayramlarining qavmlar tomonidan qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqimiz garchi islom diniga e’tiqod qilsada, uning turmush tarzida zardushtiylik dinidan qolga urf-odatlar, marosim oradan necha asr o‘tgan bo‘lsada saqlanib qolmoqda. Bu ayniqsa olovga bo‘lgan munosabat, ya’ni o‘t, olovni ulug‘lashda yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, kelin-kuyovni olov orasidan olib o‘tish, olov atrofida aylantirish kabi udumlar hamon saqlanib qolmoqda. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, kundalik turmushda urf-odat va marosim tushunchalari birbiri bilan aynan bir tushunchalardek tuyulsada, lekin ular o‘rtasidagi hayotiy farqlar mavjud hamda asosiy tafovut shundaki urf-odat hayotiy voqealarga to‘laligicha singib ketgan. Ushbu holatlar, bir tomondan, xalq ongiga singib ketgan urf-odatlarning qanchalik darajada yashovchanligini ko‘rsatsa, boshqa tomondan, ushbu urf-odat va marosimlarning xalq ma’naviyati, madaniyati hamda shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga hamon ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelayotganligi uchun ulardan voz kechishni hohlamayotganligidan dalolat beradi. Istiqlol milliy va diniy qadriyatlarimiz tiklanishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Din milliy ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiluvchi mezonlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu diniy va dunyoviy ilmlar o‘rtasidagi nozik munosabatlarning mohiyatini har tomonlama to‘g‘ri tushuntirib berish, dinlar haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviylik tushunchasini chuqurlashtirib borishni taqozo etadi. Zero, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob berish oson bo‘lmaydi. Boy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimu fuzalolar dunyoqarashining o‘zagini diniy va dunyoviy ilmlar uyg‘unligi tashkil etib, ularning ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini o‘rganish milliy taraiiiyotimizda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xasta kishiga sog‘lik tilab yoki vafot etganlar arvohiga bag‘ishlb turli xil sham yoqishlar ham otashparastlik (zardushtiylik) elementlaridir. Qolaversa, yerga, donga bo‘lgan alohida ehtirom ham zardushtiylik davridan beri yashab kelayapti. Ushbu holatlar, bir tomondan, xalq ongiga singib ketgan urf-odatlarning qanchalik darajada yashovchanligini ko‘rsatsa, boshqa tomondan, ushbu urf-odat va marosimlarning xalq ma’naviyati, madaniyati hamda shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga hamon ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelayotganligi uchun ulardan voz kechishni hohlamayotganligidan dalolat beradi. Masalan, zardushtiylikda ulug‘langan ona tabiatga mehr, yer, suv, olovni e’zozlash, yaratuvchilik mehnatini ulug‘lash kabi g‘oyalar hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi va bugun ham xalqimizda ushbu fazilatlarning shakllanishiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Islom diniy marosimlari asosan ikki guruhga bo‘linadi: 1. Hursandchilik ko‘rinishidagi marosimlar. 2. G‘amginlik ko‘rinishidagi marosimlar. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, kundalik turmushda urf-odat va marosim tushunchalari bir-biri bilan aynan bir tushunchalardek tuyulsada, lekin ular o‘rtasidagi hayotiy farqlar mavjud hamda asosiy tafovut shundaki urf-odat hayotiy voqealarga to‘laligicha singib ketgan. Masalan: salom berish, kun tartibiga aylangan. Marosim esa ma’lum bir voqea tarzida nishonlanadi. Masalan: To‘ylarda yor-yor aytish kabi. Marosim ham turli dinlarda har xil bo‘ladi. U tarixiy davrga xosdir. Islom dinidagi marosimlar orasida ham sof diniy, umuminsoniy va ibtidoiy marosimlar bor. Oila – jamiyatning eng kichik yacheykasi bo’lib, jamiyat ana shu yacheykalardan tashkil topadi. Oila murakkab tuzilmaga ega bo’lib, tabiiy-beologik (jinsiy munosabatlar, nasl qoldirish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy-ro’zg’orni boshqarish), manaviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o’rtasidagi mehr-muhabbat tuyg’usi va bosh.) munosabatlarga asoslanadi. Oila xayotning, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak avlodlar inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’idir. Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi, farzandlar tarbiyasi uchun muxim omil xisoblanadi. xulosa shuki, islom dini va musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz uchun faqat o‘tmish yoki bugunning tajribasigina bo‘lib qolmasdan, u kelajak voqeligi hamdir. Islomning jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror topayotgan mustaqillik davrida o‘zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, islom dini urf-odatlari, marosimlarida eng avvalo, mehroqibat, saxovat, rahm-shafqat, insof-diyonat, adolat g‘oyalari ustuvorlik qilgan.

Odamlarni yaqinlarini e’zozlashga, ularni asrab avaylashga o‘zgalarni hurmat mehr ko’rsatishga bo’lgan xarakatlari tahsinga loyiqdir. Islom dini va musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz urf-odatlarimiz uchun faqat o‘tmish yoki bugunning tajribasigina bo‘lib qolmasdan, u kelajak voqeligi hamdir. Islomning jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror topayotgan mustaqillik davrida o‘zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.A Ochildiyev. Dinshunoslik asoslari T.2013. https://azkurs.org/mavzu-diniy-urf-odatlarni-shaxs-dunyoqarashi-va-tafakkuriga-t.html

2.A.Mo`minov . Dinshunoslik. Toshkent . 2004 https://azkurs.org/mavzu-diniy-urf-odatlarni-shaxs-dunyoqarashi-va-tafakkuriga-t.html

3.Саматов Х.У. Махдуми Аъзам Косонийнинг оилани мустаҳкамлашга оид қарашлари асосида ишлаб чиқилган тавсиялар. Услубий тавсиянома. - Самарқанд: СамИСИ. 2018. 27 бет. // Б: 6.

4. Саматов Х.У. Махдуми Аъзам Косонийнинг оилани мустаҳкамлашга оид қарашлари (Асрори ун-никоҳ асари асосида).

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=KoG1j_sA AAAJ&cstart=20&pagesize=80&citation_for_view=KoG1j_sAAAAJ:u_35RYKgDl wC

Скачать работу
Пожалуйста, подождите.
x
×