Международный
педагогический портал
Международный педагогический портал (лицензия на осуществление образовательной деятельности №9757-л, свидетельство о регистрации СМИ №ЭЛ ФС 77-65391)
8 (800) 350-54-64
звонок бесплатный
org.komitet@solncesvet.ru
Скидка 42% действует до 28.04
8 (800) 350-54-64
звонок бесплатный
org.komitet@solncesvet.ru
Vk Whatsapp Youtube
Лицензированный образовательный портал (лицензия №9757-л, СМИ №ЭЛ ФС 77-65391)
8 (800) 350-54-64
Название статьи:

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA AFSONAVIY QUSHLAR TIMSOLI | Azizova Saodat Tursunniyozovna . Работа №209856

Дата публикации:
Автор:
Описание:

Автор: Azizova Saodat Tursunniyozovna
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA AFSONAVIY QUSHLAR TIMSOLI

Azizova Saodat Tursunniyozovna – Nav DPI huzuridagi

XTXQTMOНМ katta o‘qituvchisi

 

Annotatsiya: Maqolada Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan afsonaviy qushlar

 talqini bayon etilgan. Maqolaning yangiligi va o‘ziga xos jihati ham shunda. 

    Alisher Navoiy asarlaridagi bir qator dolzarb masalalarning ayrimlariga  ham ilmiy

    asosda yondashilgan.

 

       Kalit so‘zlar: “Lison ut-tayr”, Anqo, Samandar, Qaqnus, Humo, Hudhud, ma’naviyat. 

 

     O‘zbek adabiyotida tadqiqotlarning salmoqli qismi Alisher. Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan bajarilgan tadqiqotlardir. Adabiyotshunoslik ilmi darg‘alarining ko‘pchilik qismi ham navoiyshunos olimlardir. Alisher Navoiy asarlari, ularning badiiy xususiyatlari  Natal Mallayev, Aziz Qayumov, Ibrohim Haqqulov kabi olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan.

      Hazrat Alisher Navoiy juda ko‘plab sohalar uchun asarlar yaratgan. Masalan, Alisher Navoiyning “Risolai tir andoxtan” asari sportga bag‘ishlangan. Musiqa ilmiga, tarixga, san’atga ba‘ishlangan asarlari ham shular jumlasidandir.

Alisher Navoiy asarlarida ona tabiat, undagi hayvonat va nabodat olami, baliqlar, qushlar badiiy tasvir vositalari bilan juda chiroyli tasvirlangan. Jumladan, afsonaviy qushlar, ularda yashiringan ramziyliklar kitobxonni o‘ziga mahliyo etadi. Tevarak atrofga e’tiborli bo‘lishga chorlaydi. Tabiatga nisbatan muhabbat hislarini uyg‘otadi.

            Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida Anqo, Samandar, Qaqnus, Humo, Hudhud  kabi afsonaviy qushlar tilidan voqealar bayon etilgan. Mumtoz adabiyotda biror narsaning noyobligini, nodirligini ko‘rsatish uchun Anqo timsolidan foydalanishgan. Alisher Navoiy ham “Layli va Majnun”, “Lison ut-tayr”, “Hayrat ul-abror” kabi dostonlarining ayrim g‘azallarida Anqo timsolidan foydalangan.

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA AFSONAVIY QUSHLAR TIMSOLI
Azizova Saodat Tursunniyozovna – Nav DPI huzuridagi
XTXQTMOНМ katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan afsonaviy qushlar
talqini bayon etilgan. Maqolaning yangiligi va oziga xos jihati ham shunda. Alisher Navoiy asarlaridagi bir qator dolzarb masalalarning ayrimlariga ham ilmiy asosda yondashilgan. Kalit sozlar: Lison ut-tayr, Anqo, Samandar, Qaqnus, Humo, Hudhud, manaviyat. Ozbek adabiyotida tadqiqotlarning salmoqli qismi Alisher. Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan bajarilgan tadqiqotlardir. Adabiyotshunoslik ilmi dargalarining kopchilik qismi ham navoiyshunos olimlardir. Alisher Navoiy asarlari, ularning badiiy xususiyatlari Natal Mallayev, Aziz Qayumov, Ibrohim Haqqulov kabi olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Hazrat Alisher Navoiy juda koplab sohalar uchun asarlar yaratgan. Masalan, Alisher Navoiyning Risolai tir andoxtan asari sportga bagishlangan. Musiqa ilmiga, tarixga, sanatga baishlangan asarlari ham shular jumlasidandir. Alisher Navoiy asarlarida ona tabiat, undagi hayvonat va nabodat olami, baliqlar, qushlar badiiy tasvir vositalari bilan juda chiroyli tasvirlangan. Jumladan, afsonaviy qushlar, ularda yashiringan ramziyliklar kitobxonni oziga mahliyo etadi. Tevarak atrofga etiborli bolishga chorlaydi. Tabiatga nisbatan muhabbat hislarini uygotadi. Alisher Navoiyning Lison ut-tayr dostonida Anqo, Samandar, Qaqnus, Humo, Hudhud kabi afsonaviy qushlar tilidan voqealar bayon etilgan. Mumtoz adabiyotda biror narsaning noyobligini, nodirligini korsatish uchun Anqo timsolidan foydalanishgan. Alisher Navoiy ham Layli va Majnun, Lison ut-tayr, Hayrat ul-abror kabi dostonlarining ayrim gazallarida Anqo timsolidan foydalangan. Bugungi kunda ham biror narsa kamyob bolsa yoki topilmasa Anqoning urugi bolib ketding deb qoyishadi. Afsonaviy Anqo qushi Kohi Qofda yashagan, juda bahaybat va boyni uzun qush deb tariflanadi. Ayrim manbalarda Anqo qushi Sulaymon paygamabrning qahriga uchrab Qof togiga uchib ketganligi va boshqa qaytib kelmaganligi aytiladi. Sizni ishqim bilmagan el Qolmadi, garchi manga, Nomabar qush orniga Anqoni mahram orniga. (Lison ut-tayr) Yani, Xat tashuvchi qush-kabutar orniga Anqoni tayinlasangiz ham ishqim elga ayon boldi,- deydi shoir. Afsonaviy qushlardan biri Samandar haqida turli xil fikrlar mavjud. Samandar goyo qorli-muzli olkalarda yashagan afsonaviy qor qushidir. Bu qushning tumshugi polat, qanotlari esa chaqmoq toshidir. Samandar qush ikkita bola ochadi. Bolalari bir kunning ozidayoq qanot chiqarib, parvoz qiladi. Bundan sevingan Samandar hamma narsani unutib, tumshugini qanotiga uradi. Shunda olov chiqib, ozi ham bolalari ham kuyi ketadi. Mumtoz sheriyatda bu qush majoziy manoda ishlatiladi. Demangiz bulbul Navoiyni, Samandardekki, bor Nazm ichra shulai Jomiy sozi Xisraviy. Yani, Alisher Navoiyni bulbul demang, u Samandarga oxshaydi. Chunki sherlarida Jomiyning shulasi-yu Xisravning yonishi bor. Alisher Navoiy turkiy tilda gozal nutq tuzish boyicha yetuk shaxs hisoblanadi. U oz ijodi bilan ozbek adabiy tilining boyliklarini namoyon etdi. Alisher Navoiy asarlari ozbek tilida nutq tuzishning gozal namunalari bolishi bilan birga uning yuksalishiga ham katta hissa qoshdi. Xamsa asarining tortinchi dostoni Sabai Sayyorda gozal Diloromning kuy chalishini shunday tariflaydi: Qiz changini qoliga olib kuy boshlaganida, jon iplarini uzar, eshitganlarni aqlidan judo aylardi. Chang torlaridan taralayotgan ohanglar Qaqnus degan afsonaviy qushning tushmugi teshiklaridan chiqayotgan ajabtovur kuylar singari butun elni oziga maftun etar, navolardan bor olam ortanardi . Rivoyatlarga kora Qaqnus Hindiston orollarida yashaydigan qush. U ming yil yashar ekan. Olimi yaqinlasganini sezsa, motam tutib, otin toplar, boshqa qushlar uning atrofida parvona bolar ekan. Songra toplagan otini ustiga chiqib sayrar va qanot emish. Tumshugidagi behisob teshiklardan sehrli ohanglar taralar ekan. Kuy songida, tumshugidagi teshiklardan va qanotidan ot chiqib, otinga tushar, kop otmay ozi ham kulga aylanarmish. Kuldan esa yangi tuxum va bu tuxumdan yangi Qaqnus paydo bolar ekan. Alisher Navoiy ozining Lison ut-tayr asarida Qaqnusning yuqorida aytilgan barcha xususiyatlarini tasvirlagan. Nomam eltur qush agar Mazmunin aytib qilsa sharh, Sochqay ot Qaqnus kibi Ming chok olub mingor anga. Mazmuni: Agar xatimni olib borgan qush uning mazmunini aytmoqchi bolsa, Qaqnus kabi tumshugi mingga bolinib, ot chiqib ketar edi. Chunki, xatdagi sozlar shu qadar haroratli. Yevropa mamlakatlarida va rus adabiyotida bu qush Feniks deb ataladi. Humo qushi esa qadimgi ertak va afsonalarda kop uchraydi. Uni Jannat qushi ham deb ataganlar. Bazi rivoyatlarda u Baxt qushi deb ataladi. Kimning boshiga soyasi tushsa osha odam baxt davlatga erisharmish. Boshiga baxt qushi qonibdi,-degan ibora bugungi kunda ham tez-tez eshitiladi. Navoiy ham Humo timsolidan asarlarida samarali foydalangan. Tarixi mulki Ajam asarida bir hukmdorning inqirozi haqida gapirib shunday yozadi: Animg dagi yiqti falak poyasin, Boshidan ayirdi Humo soyasin. Yurtimiz ramzlarida ham Humo qushi tasvirlangan. Badiiy adabiyot insonning manaviy olamini boyitadi, ruhiyatini tarbiyalaydi, qalbimiz va ongimizda odamiylik hislarini parvarishlaydi. Badiiy adabiyotning asosiy quroli badiiy sozdir. Ozi kozga ham korinmaydigan soz yordamida nafaqat atrofdagi narsa-hodisalarni, balki kongildagi hislarga qadar ifodalash mumkin. Insonning oy-xayollari, istag-u armonlari badiiy adabiyotda tola aks etadi. Ulug bobomiz Alisher Navoiy kelajak avlodning har jihatdan barkamol bolishini orzu qilgan. Alisher Navoiy ijodi avvalo, ulug soz sanatkorining mahsuli, ayni paytda millatimiz tafakkur kolami hamda manaviy qudratining timsolidir. Komil insonni tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur maqsadni amalga oshirishda adabiyot darslarining ahamiyati beqiyos. Alisher Navoiyning maktabda organiladigan, umuman hamma asarlari zamirida komil inson timsoli, unga xos jamiki sifatlar aks etib turadi. Shu bois, umumtalim maktablarining deyarli barcha sinflarida oquvchilar ruhiyati, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, Navoiy asarlaridan parchalar orin olgan. Bu asarlarda odob-axloq, tavoze, qanoat, kamtarinlik, poklik, halollik, saxovat, himmat, mehr-muruvvat kabi insoniy fazilatlar tarannumi mujassam. Navoiy asarlarida ota-onaning har bir sozi yoxud nasihati farzand uchun qonun ekanligi, farzand ota-ona oldida burchdorligi xususida juda kop takidlaydi. Navoiy ota-onadan keyin qarindosh-urug, aka-uka va opa-singillarga silai rahm yaxshi munosabatda bolish borasida ham toxtalib otgan. Umuman, inson oz yaqinlariga rahmdil bolishi lozim. Oz yaqinlariga rahmdil bolmagan odam boshqalarga ham rahm-shafqatli bololmaydi deb xulosalaydi shoir. Uluglarga xizmat, kichiklarga shafqat. Alisher Navoiy Sharq kishilari uchun asosiy axloq mezoniga aylangan mazkur qoidani takrorlar ekan, ahamiyatini yaxshilab tushuntiirgan: birovni tahqirlash, behurmat qilish yomon, lekin nomunosib holda hurmat bildirish, ortiqcha tavoze korsatish ham kerak emas. Ortacha muomala odobi, mahalla-koyda suhbat, otirish odobi ham Navoiy yodidan chiqmagan. Hammaga yaxshilik tilab, yaxshi xulq bilan yashash fayzli hayotga zamin hozirlaydi, deydi shoir. Navoiy merosi inson konglida zavq uygotish, tuygulariga, hissiyotlariga tasir qilib, poklash bilan birga, kishini ona Vatanga muhabbat, uning otmishiga hurmat, ruhida tarbiyalaydi, komillik sari yetaklaydi. Hazrat Navoiy bizga yol korsatadigan mayoq kabidir. Hayot haqida talim beradigan muallim. Millatimizning boyligi hamdir. Kelajakda shoir asarlari va hayoti haqidagi tadqiqotlar yanada kopayadi, shoir ijodi yana uzoq yillar nafaqat oz millatini, balki insoniyatni tarbiya qiladi, shaxsiyati esa ornak bolib vatanparvarlikka, gozal odob-axloqqa chorlab turadi. Badiiy adabiyot insonning manaviy olamini boyitadi, ruhiyatini tarbiyalaydi, qalbimiz va ongimizda odamiylik hislarini parvarishlaydi. Badiiy adabiyotning asosiy quroli badiiy sozdir. Ozi kozga ham korinmaydigan soz yordamida nafaqat atrofdagi narsa-hodisalarni, balki boshdagi oylar, kongildagi sezimlarga qadar ifodalash mumkin. Insonning oy-xayollari, istag-u armonlari badiiy adabiyotda tola aks etadi. Ozbek millatining qon-qoniga adabiyotga oshuftalik hissi singib ketgan. Ona zaminimizda yaratilgan koplab asarlar jahon adabiyoti durdonalari safidan mustahkam orin egallab ulgurgan. Adabiyot manaviyat xazinasidir. Darhaqiqat, uning bagrida hozirga qadar insoniyat ardoqlab kelayotgan eng tansiq hislar, latif tuygular insonparvarlik, adolat, shafqat, ozaro hamjihatlik, dostlik mehr va muruvvat, sevgi va muhabbat, gozallikka tashnalik singari olmas insoniy tuygular jamuljamdir. Alisher Navoiyni anglash va his qilish, ozligini anglashdir. Navoiyni bilish, Navoiyni sevish-bu millatni sevish, Navoiyga sadoqat esa eng ezgu qadriyatlarga sadoqat demakdir.
Скачать работу
Пожалуйста, подождите.
x
×