Международный
педагогический портал
Международный педагогический портал (лицензия на осуществление образовательной деятельности №9757-л, свидетельство о регистрации СМИ №ЭЛ ФС 77-65391)
8 (800) 350-54-64
звонок бесплатный
org.komitet@solncesvet.ru
Скидка 42% действует до 27.04
8 (800) 350-54-64
звонок бесплатный
org.komitet@solncesvet.ru
Vk Whatsapp Youtube
Лицензированный образовательный портал (лицензия №9757-л, СМИ №ЭЛ ФС 77-65391)
8 (800) 350-54-64
Название статьи:

NAVOIY – ILM VA FAN HOMIYSI | G‘ulomova Nargiza Sadullayevna . Работа №209852

Дата публикации:
Автор:
Описание:

Автор: G‘ulomova Nargiza Sadullayevna
   G‘ulomova Nargiza Sadullayevna – NavDPI huzuridagi XTXQTMOHM

                                    “Tillarni o‘qitish metodikasi”  kafedrasi katta o‘qituvchisi

                                 Annotatsiya          Maqolada Alisher Navoiyning ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’rifat haqidagi aytgan teran fikrlari haqida qisqacha ma’lumotlar bayon etilgan. Mutafakkirning ustozlariga nisbatan  cheksiz hurmati va e’tibori, shu o‘rinda shogirdlariga bo‘lgan cheksiz muhabbat haqida yozilgan.

 

Navoiyning buyukligi va xalqimiz tarixidagi xizmatlari mutafakkir shoirligi bilangina belgilanmaydi, albatta. Navoiy badiiy ijod jabhasida qanchalik tengsiz bo‘lsa, ilmda, ya’ni olimlikda ham shunchalik benazir. Navoiyning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix va tasavvufshunoslikka bag‘ishlangan asarlari hanuzgacha o‘zining ilmiy qimmatini boy bergani yo‘q. Tilimiz, adabiyotimiz muammolarini hal qilishda bu nodir tadqiqotlarga qayta-qayta murojaat qilishimiz, ayniqsa, yosh avlod ulardan puxta xabardor bo‘lishi zarur.

“Ka’baki, olamning o‘lub qiblasi

Qadri yo‘q  andoqki, ko‘ngil ka’basi”.

deya “Hayrat ul-abror” dostonida xitob qilgan Sharqning buyuk allomasi Alisher Navoiy butun umri davomida  odamiylik, insonparvarlik, shirinsuxanlik, birovning ko‘ngliga ozor yetkazmaslik, sabr-qanoat, vafo va sadoqat, odob va tavoze kabi g‘oyalarni ilgari surdi. U hamisha inson ko‘nglini muqaddas hisobladi va ko‘ngilni Ka’badan ustun qo‘ydi. To‘g‘ri Ka’ba Ollohning uyi deydi shoir, ammo u ramziy uy. Ollohning haqiqiy uyi ko‘ngildir:

NAVOIY – ILM VA FAN HOMIYSI

G‘ulomova NargizaNavDPI huzuridagi XTXQTMOHM

Tillarni o‘qitish metodikasikafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada Alisher Navoiyning ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’rifat haqidagi aytgan teran fikrlari haqida qisqacha ma’lumotlar bayon etilgan. Mutafakkirning ustozlariga nisbatan cheksiz hurmati va e’tibori, shu o‘rinda shogirdlariga bo‘lgan cheksiz muhabbat haqida yozilgan.

 

Navoiyning buyukligi va xalqimiz tarixidagi xizmatlari mutafakkir shoirligi bilangina belgilanmaydi, albatta. Navoiy badiiy ijod jabhasida qanchalik tengsiz bo‘lsa, ilmda, ya’ni olimlikda ham shunchalik benazir. Navoiyning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix va tasavvufshunoslikka bag‘ishlangan asarlari hanuzgacha o‘zining ilmiy qimmatini boy bergani yo‘q. Tilimiz, adabiyotimiz muammolarini hal qilishda bu nodir tadqiqotlarga qayta-qayta murojaat qilishimiz, ayniqsa, yosh avlod ulardan puxta xabardor bo‘lishi zarur.

Ka’baki, olamning o‘lub qiblasi

Qadri yo‘q andoqki, ko‘ngil ka’basi.

deya Hayrat ul-abrordostonida xitob qilgan Sharqning buyuk allomasi Alisher Navoiy butun umri davomida odamiylik, insonparvarlik, shirinsuxanlik, birovning ko‘ngliga ozor yetkazmaslik, sabr-qanoat, vafo va sadoqat, odob va tavoze kabi g‘oyalarni ilgari surdi. U hamisha inson ko‘nglini muqaddas hisobladi va ko‘ngilni Ka’badan ustun qo‘ydi. To‘g‘ri Ka’ba Ollohning uyi deydi shoir, ammo u ramziy uy. Ollohning haqiqiy uyi ko‘ngildir:

Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin jam ayalagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.

Ko‘ngli o‘ksib noxush bo‘lgan kishining qalbiga taskin berishlik, unga quvonch ulashishlik katta savob, ya’ni Ka’bani obod aylaganchalik Ollohning shafoatiga muyassar bo‘lishligi bitilgan.

Navoiyning ta’kidlashicha, chin insoniy fazilatlar faqat ilm sohiblarigagina nasib etadifan sharafdir. Ilm o‘rganmoq va o‘rganishga intilmoq haqiqiy insoniylikning qoidasidir. Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida ajoyib fikrlarni olg‘a suradi. U aql, ilm insonning eng go‘zal va zaruriy fazilalaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir deb hisoblaydi va ilm-fanni egallash uchun yoshikdan boshlab astoydil o‘qish, o‘rganish kerak deydi. Yoshlikda ilmning mag‘ini yig‘ish va qarilik chog‘ida uni ezgu amallar yo‘lida sarf qilish olijanoblikdir deydi shoir:

Ilm ichra menga to bo‘ldi madaxal,

Topilmas muskule menqilmagan hal.

Biz adabiy va tarixiy asarlardan yaxshi bilamizki, Fariddidin AttorningMantiq ut-tayr(“Qush tili”) asarini juda yoshligidanoq yod olgan Navoiy, ilm yo‘liga juda erta kirgan va keyinchalik vazir, muhrdor, Astrobod hokimi lavozimlarida ishlagan paytlarida ilm va maorif masalasiga juda katta e’tibor bergan.

U mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash uchun maktab va madrasalar qurdirdi, kutubxonalar barpo ettirdi. Mutafakkir ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarni ko‘proq barkamol inson timsolini ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qildi. Ilm-ma’rifat, odob-ahloq masalalariga doir fikrlarni esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarda bayon qildi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi va komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta deb hisoblaydi hamda ilmdan amalda foydalanish zarurligini ta’kidlaydi:

Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,

Endiki ilm o‘ldi amal aylagil.

Navoiyning o‘z ustozlariga hurmati juda cheksiz edi. Shu boisdan bo‘lsa kerak deyarli barcha asarlarida ustozlarini hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Hatto o‘ziga ustoz deb bilgan juda ko‘plab mutafakkirlar haqida alohida asarlar ham yozgan. Jumladan,Mahbub ul-qulubasarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda o‘qituvchining juda ko‘p mashaqqat chekishi, shuning uchun ham bolalarda uning haqi ko‘pligini, agar shogird ulg‘ayib martabaga erishsa, albatta o‘z muallimiga qulluq qilishi, bir umr xizmatida bo‘lishi lozimlgini uqtiradi.

Haq yo‘lida kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmasa ado oning haqin yuz ganj ila.

Yuqoridagi baytdan shunga amin bo‘lishimiz mumkinki, bugungi kunda ilmga, fanga e’tibor va o‘qituvchilik kasbiga ehtirom qanchalik yuqori bo‘sa, shoir yashagan davrda ham ustozlik kasbi juda sharafli bo‘lgan.

Navoiy davlat arbobi sifatida madrasalarda dars beruvchi, o‘zi taklif etgan tajribali, chuqur bilimli mudarrislar, olimlarga yetarli maosh tayinlab, kamchiliksiz ishlashlari uchun hamma sharoitni yaratib bergan. Demak, Navoiyning qarashlarida kishilarning ma’naviy dunyosini belgilovchi fazilatilmga tashnalik, komillikka intlish degan g‘oya yotadi. Alloma tasavvurida ma’rifatli, ilmli, adolatli har qanday noahloqiy sifatlardan xoli, tafakkurli inson ma’naviy yetukdir. Shu o‘rinda Alisher Navoiyning o‘zi ham ustoz sifatida bir nechta yetuk insonlarni tarbiyalab kamolga yetkazgan, ya’ni Kamoliddin Behzod, Mirxond, Xondamir kabi buyuk siymolarni jamiyat uchun yetishtirib berdi. Navoiyning ibratli faoliyati bugun istiqlol farzandlari uchun har tomonlama ibrat maktabi vazifasini o‘taydi. Shunday ekan har bir avlod vakili ilmning yuksak cho‘qqisini egallashga harakat qilmog‘i va hech kimdan kam emasligini amalda isbotlamog‘i kerak.

Navoiy saboqlariga amal qilgan kishi o‘z-o‘zidan xalq dard-u tashvishlarini yengillatishga bel bog‘laydi, fikrni–fikrsizlikka, ilm-ma’rifatninodonlikka va jaholatga qarshi qurol o‘rnida ishlatadi. Navoiyni yetarli darajada bilishadolat, diyonat va imon-e’tiqodning kuchiga ishonch demak. Ko‘nglida shu ishonch g‘olib bo‘lgan odamlar soni jamiyatimizda qancha ko‘paysa, insoniy muammolar har qalay kamayib boradi. Eng muhimi, diniy hayotdagi mahdudlik va chalg‘ishlar yosh avlod ongidan tezroq barham topadi. Bunga sira-sira shubhalanmaslik lozim.

 

 

 

 

 

 

Скачать работу
Пожалуйста, подождите.
x
×