Название статьи:
Umuminsoniy qadriyatlarning Alisher Navoiy asarlarida ulug‘lanishi | Jumayev Sohib Botirovich . Работа №209854
Дата публикации:
10.04.2019
Автор:
Jumayev Sohib Botirovich
Описание:
Автор: Jumayev Sohib Botirovich
Umuminsoniy qadriyatlarning Alisher Navoiy asarlarida ulug‘lanishi
Jumayev Sohib Botirovich – Navoiy davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Maqolada “Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror”da Navoiyning falsafiy qarashlari zamiriga yo‘g‘rilgan fikrlar, haqiqiy umuminsoniy qadriyatlarni to‘laqonli shakllantirish haqida fikr yuritilgan
“El-yurt va davlat uchun, uning taqdiri va kelajagi uchun qayg‘uradigan, odamlarning ezgu niyatlarini o‘ziga oliy maqsad qilib qo‘ygan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, har qanday vaziyatda ham xalqni birlashtirib, turli balo-qazolardan asrash uchun safarbar eta oladigan shaxslargina tarixda o‘chmas iz qoldiradi”[1] Darhaqiqat, bizning yurtimizda nomlari abadiyatga muhrlangan mana shunday ulug‘ ajdodlarimizning soni bir talay. Xususan, Hazrat Mir Alisher Navoiyning yorqin xotirasi fikrimizning yaqqol dalilidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Alisher Navoiy atoqli shoirgina emas, balki teran mushohada yurituvchi donishmand hamdir. Uning insoniylik borasidagi fikrlari hali-hanuz o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.” deganlarida to‘laqonli haq gapni aytgan edilar.
Bugun biz Navoiy ijodini o‘rganar ekanmiz, uning ilmiy salohiyat bobida juda katta mehnat talab qilinishining guvohi bo‘lamiz.
[1] I.A.Karimov. “Vatan va xalq mangu qoladi” Toshkent: “Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona”, 2010.87-bet.
Umuminsoniy qadriyatlarning Alisher Navoiy asarlarida uluglanishi
Jumayev Sohib Botirovich Navoiy davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Maqolada Xamsaning birinchi dostoni Hayrat ul-abrorda Navoiyning falsafiy qarashlari zamiriga yogrilgan fikrlar, haqiqiy umuminsoniy qadriyatlarni tolaqonli shakllantirish haqida fikr yuritilgan
El-yurt va davlat uchun, uning taqdiri va kelajagi uchun qayguradigan, odamlarning ezgu niyatlarini oziga oliy maqsad qilib qoygan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, har qanday vaziyatda ham xalqni birlashtirib, turli balo-qazolardan asrash uchun safarbar eta oladigan shaxslargina tarixda ochmas iz qoldiradi Darhaqiqat, bizning yurtimizda nomlari abadiyatga muhrlangan mana shunday ulug ajdodlarimizning soni bir talay. Xususan, Hazrat Mir Alisher Navoiyning yorqin xotirasi fikrimizning yaqqol dalilidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Alisher Navoiy atoqli shoirgina emas, balki teran mushohada yurituvchi donishmand hamdir. Uning insoniylik borasidagi fikrlari hali-hanuz oz qimmatini saqlab kelmoqda. deganlarida tolaqonli haq gapni aytgan edilar.
Bugun biz Navoiy ijodini organar ekanmiz, uning ilmiy salohiyat bobida juda katta mehnat talab qilinishining guvohi bolamiz. Chunki Navoiy aytgan har bir soz mohiyati turli mazmunga ega bolib, tahlil jarayoniga togri yondashish lozimligini talab qiladi.
Hazrat Alisher Navoiy ijodiy merosi xalqimiz madaniyatining buyuk sarchashmasi bolgani uchun unga takror va takror murojaat etaveramiz. Ular bizni mudom oqish va uqishga undayveradi.
Haqiqatan ham, Navoiy asarlarini oqir ekanmiz, bunga ozimiz amin bolib boraveramiz. Malumki, Xamsa Navoiyning shoh asarlaridan biri sanalib, uning zamirida insonga xos bolgan barcha umuminsoniy qadriyatlar mujassamlashgan. Chunki Navoiy inson qadr-qimmatini barcha narsadan ustun qoygan. Shuning uchun shoir inson maqomi berilgan har bir shaxsni ushbu sharafga munosib korilganiga shukronalar keltirib, faqat ezgu goyalar egasi bolishlarini chin dildan xohlaganlar. Bu borada, avvalo, ozlari har tomonlama ornak bolib, boy ijodiy merosi zamiriga singdirilgan goyalar orqali ozgalarni ham ana shunday inson bolishga da`vat etganlar.
Xamsaning birinchi dostoni Hayrat ul-abror Navoiyning falsafiy qarashlari zamiriga yogrilgan bolib, unda Navoiy haqiqiy umuminsoniy qadriyatlarni tolaqonli shakllantirib bergan. Doston muqaddima, yigirma maqolot, yigirma hikoyat va xotimadan iborat bolib, asarda shoir ularda nafaqat insonni insonga, balki Olloh tomonidan tuhfa etilgan barcha yaratiqlarga bolgan insoniy munosabatlari qay darajada bolmogi lozimligi xususida soz yuritadi. Dostonning uchinchi maqolati Salotin bobida deb nomlanib, Navoiy yurtning kelajagi, xalqning ishonchi, ezgu goyalarning asosiy tayanchi faqat adolat orqali yuzaga chiqishini mahorat bilan aks ettirgan. Har qanday zulm ochogini birgina adolat mezoni orqali bartaraf qilinishi Shoh Goziy timsolida yoritib berilgan. Shoh Goziyning tinchlik ornatish maqsadida yol qoygan birgina xatosini adoalat tarozisi oydinlashtirib berdi. Shu orqali el orasida uning martabasi yanada uluglandi. Chunki shoh Goziy va jabrdiyda keksa bir kampirning ortasidagi ziddiyatli vaziyatni adolatli hal etilishi umuminsoniy qadriyatlarning bir korinishi desak, mubolaga bolmaydi. Bundan tashqari dostonning beshinchi bobida shoir Hotami Toy hikoyasi orqali ham ushbu fikrlarni ilgari suradi. Hotami Toy bu shaxs nihoyatda saxiy, ozgalardan yordamini ayamaydigan, kongli keng inson qiyofasini shakllantirgan.U timsol orqali shoir insonlarni saxiylikka da`vat qiladi. Ammo hikoyaga boshqacha yondashadigan bolsak, har bir ishning chegarasi borligini anglab olishimiz mumkin. Chunki hikoya qahramoni Hotami Toy nihoyatda saxiy kishi bolib, borini xalq oldiga tokadi. Uning bu ishiga faqat bir kishi qarshi chiqib, oz fikrini ayta oladi.
Naqdni dogi guldek sovurmagil,
Guncha kibi dogi girih urmagil.
Hotami Toy bir yoqsil kishining magrur turib aytgan ushbu sozlaridan song, chuqur oyga tolib, ozining himmatidan ham yuqori turuvchi himmat egasini korib, u kishiga tasannolar aytishida ham umuminsoniy qadriyatlarni korishimiz mumkin.
Dostonning oltinchi maqoloti odob masalalariga bagishlanadi. Navoiy bu maqolotda kishilar bilan munosabat va muomala odobi, ozini tuta bilish, bola tarbiyasi hamda ota-onaga qay darajada gamxorlik qilish lozimligi xususida soz yuritadi. Masalan, birgina quyidagi mashhur bayt zamiriga singdirilgan goyani tahlilga tortadigan bolsak, umuminsoniy qadriyatlarning tub negizini anglab yetamiz:
Boshni fido ayla ato boshiga,
Jismni qil sadqa ano qoshiga
Dostonning oninchi bobi rostlik ta`rifiga bagishlangan bolib, Sher va Durroj hikoyati orqali shoirning asl maqsadini bilib olamiz. Hikoyada togrilik koklarga kotarilib, egrilik qattiq tanqid ostiga olinadi. Chunki ularning birinchisi kishini yuqori martabalarga kotarsa, ikkinchisi qaysidir ma`noda inson umriga raxna soladi. Shuning uchun Navoiy barchamizni hamisha togrilikka qalqon bolishga undaydi.
Xulosa ornida aytish joizki, shoirning asarlari umuminsoniy qadriyatlarga, ezgu goyalarga boyligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Buni har birimiz anglab yetmogimiz lozim. Zero, Navoiy asarlari goyasi va undagi jamiki pand - nasihatlar kaliti soz bolib, ular hamisha mangulikka daxldordir. Shoir asarlariga qayta-qayta murojaat qilishimizning boisi shunda bolsa, ajab emas.
I.A.Karimov. Vatan va xalq mangu qoladi Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona, 2010.87-bet.
A`zamov A. Majnun muhabbati. Tafakkur jurnali. 2002. 1-son, 36- bet.
Скачать работу